O‘zbekiston Proligasining 25-turida FarDU o‘z maydonida «Yaypan»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Farg‘onada o‘tgan bahsda Boburbek Farhodov 1 va 65-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. Sharafiddin Shobirov 90+1-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Mehmonlarning yagona goliga esa 81-daqiqada Akbarxon Ibrohimxonov penaltidan mualliflik qildi.
Turning yana bir bahsida «Lochin» va «Metallurg» 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Asadbek Samariddinov 47-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Navro‘zbek Iminjonov 90-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Proliga. 25-tur
FarDU — Yaypan 3:1
Gollar: Farhodov 1, 65, Shobirov 90+1 (pen.) — Ibrohimxonov 81 (pen.).
FarDU: Yoqubov, O‘ktamov, Ayvazov, Ibodjon Abelfazov, Maharram Abelfazov, Abdurashidov, Sheripov, Yaqubjonov, Islamov, Niyazmetov, Farhodov.
Yaypan: Marupov, Vaniev, Rahmanov, Shokirov, Mo‘minov, Valijonov, Abdumutalov, Abdujabborov, Ahmadjonov, Mahamadaliev, Ibrohimxonov.
Proliga. 25-tur
Lochin — Metallurg 1:1
Gollar: Samariddinov 47 — Iminjonov 90.
Lochin: Shamsiddinov, Yo‘ldoshev, Qosimov, Kenjaboev, Samariddinov, Xalilov, Bekmurodov, Saidov, Aloxoo‘jaev, Adhamjonov, Movlonov.
Metallurg: Komilov, Yosis, Ochilov, Sherzodjon Komilov, Xakimov, Milichkovich, Bubanda, Iminjonov, Abdulhaev, Sulaymonov, Normurodov.