Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio Vinisius Junior haqida iliq fikr bildirdi. Mutaxassis braziliyalik hujumchini yaxshi ko‘rishini va jamoaga u juda zarurligini ta’kidladi.
«Men Vinini yaxshi ko‘raman. Juda ham yaxshi ko‘raman! Vinisius Junior — ajoyib futbolchi va u bizga haqiqatan ham kerak. Biroq uning jamoaga zarurligini ta’kidlashim har bir bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishini anglatmaydi. Shunga qaramay, u «Real» uchun hech qanday muammo emas», — deya Mourinioning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.
Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 26 yoshda. Braziliyalik futbolchi 2018 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vini Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) tomonidan berilgan to‘rt o‘yinlik diskvalifikatsiya sabab La Liga bahslarida qatnasha olmayapti.