Bugun
35
O'zbek

Proliga. Respublika FA safarda BuxDUni mag‘lub etdi

Futbol
17 sentabr, 10:20
Abdulvoris Hojimurodov va Behruzjon Ko‘paysinovning gollari Respublika FAga uch ochko keltirdi.
Proliga. Respublika FA safarda BuxDUni mag‘lub etdi
Foto: PFL

Proliganing 16-turidan qoldirilgan bahsda BuxDU o‘z maydonida Respublika FAni qabul qildi. Muborakdagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda kechgan bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Respublika FA 18-daqiqada Abdulvoris Hojimurodovning goli evaziga hisobni ochdi. Oradan sakkiz daqiqa o‘tib, Behruzjon Ko‘paysinov farqni ikkitaga oshirdi.

BuxDU 51-daqiqada Shahboz Nuriddinovning goli bilan javob qaytardi, biroq mezbonlar hisobni tenglashtira olmadi.

Ushbu bahsdan so‘ng Respublika FA 19 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi. BuxDU esa 10 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

Proliga. 16-turdan qoldirilgan bahs
BuxDU — Respublika FA 1:2
Gollar: Shahboz Nuriddinov 51 — Abdulvoris Hojimurodov 18, Behruzjon Ko‘paysinov 26.

BuxDU: Polvonov, To‘raev, Ashurov, Hamitov, Ubaydulloev, Rahmatov, Fozilov, Nuriddinov, Norqobilov, Nurullaev, Xaliev.
Respublika FA: Rustamjonov, Botiraliev, Shoraximov, Abdusattarov, Aliev, Hojimurodov, Najmiddinov, Soliev, Akbarov, Ko‘paysinov, Abdurasulov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro University Buxoro University
  • Respublika Respublika
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar