Live
5
O'zbek

Mareska: «Gvardiola istalgan vaqtda kelishi mumkin»

Futbol
9 oktabr, 09:33
«Shaharliklar» ustozi hamkasbi haqida gapirdi.
Mareska: «Gvardiola istalgan vaqtda kelishi mumkin»
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska o‘zidan oldingi murabbiy - Xosep Gvardiola haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik mutaxassis kelasi hafta Chempionlar ligasida «shaharliklar»ning «PSJ»ga qarshi o‘yinida maydonga tushadi.

«Men Xosep Gvardiola bilan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin, derbidan keyin gaplashdim. Lekin u chorshanba kuni bu yerga kelishini bilaman. Bu yerda o‘n yil yashab, istagan vaqtida tashrif buyurishi mumkin. Nafaqat o‘yinga, balki mashg‘ulotlarga ham - xohlagan paytingizda. O‘ylaymanki, bu unga ham, muxlislarga ham, boshqalarga ham yoqadi», - dedi Mareska matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola 2016-2026-yillar mobaynida «Manchester Siti»ni boshqargan.

Bugungi yangiliklar