«Inter» va Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Kristian Viyeri «nerazurri» hujumchisi Franchesko Espozito istiqbollariga baho berdi.
«U o‘z yoshida milliy jamoa safida 7 ta gol urib ulgurgan. Oradan 7-8-yil o‘tgach, u Luiji Rivani ortda qoldirib, «skuadra adzurra»ning eng yaxshi to‘purariga aylanishi mumkin. Tez orada u mavsumda 20 ta gol urishni boshlaydi», - deya sobiq futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi La Gazzetta dello Sport.
Eslatib o‘tamiz, Riva Italiya milliy jamoasi safida 35 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, A Seriyaning yangi mavsumida 21 yoshli Esposito beshta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi ikkita gol urdi va bitta golli uzatma yetkazib berdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi