«Yuventus» klubi yarimhimoyachi Niko Gonsales bilan shartnoma muddatini uzaytirganini ma’lum qildi.
Yangilangan kelishuvga ko‘ra, argentinalik 28 yoshli vinger kamida 2030-yil yozigacha jamoa safida to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, Niko 2024-yil yozida «zebralar» safiga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumni «Atletiko»da ijara asosida o‘tkazdi. Madrid klubi safida 35 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchining maoshi ham oshirildi. U klubda eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilardan biriga aylandi.
Bu mavsumda Gonsales «Yuventus» safida barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etgandi.
Avvalroq «Yuventus» ijara asosida jamoaga kelib qo‘shilgan Gulelmo Vikarioning transfer huquqlarini «Tottenhem»dan sotib olishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi