«Real» La Ligada VAR yordamida bekor qilingan gollar soni bo‘yicha chempionat rekordini o‘rnatdi. MisterChip ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda ushbu tizim joriy etilganidan beri madridliklarning 42 ta goli bekor qilingan.
Shanba kuni Joze Mourinio boshchiligidagi jamoa o‘z maydonida «Vilyarreal»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsning 71-daqiqasida Vinisius Junior hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirishi mumkin edi. Biroq braziliyalik futbolchi gol urishdan avval raqib futbolchisining sochidan tortgani sababli hakam golni bekor qildi va unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.
VAR orqali bekor qilingan gollar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda «Atletiko» va «Vilyarreal» bormoqda. Har ikki jamoaning 22 tadan goli hisobga olinmagan.
«Barselona» esa ushbu ro‘yxatda yettinchi o‘rinni egallagan. Kataloniyaliklarning 19 ta goli VAR aralashuvidan keyin bekor qilingan.