Live
15
O'zbek

«Barsa» yosh futbolchilarga sarmoya kiritishni davom ettirmoqchi

Futbol
11 oktabr, 08:30
Ayni paytda kataloniyaliklar olti nafar futbolchini kuzatmoqda.
«Barsa» yosh futbolchilarga sarmoya kiritishni davom ettirmoqchi
Foto: Getty Images

«Barselona» akademiyasidan tashqaridagi yosh futbolchilarga sarmoya kiritishni davom ettirmoqchi. Klub ularning transfer qiymati oshishidan oldin shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda kataloniyaliklar olti nafar futbolchini kuzatmoqda. Ular orasida «Fulhem»ning 19 yoshli hujumchisi Josh King, «Atletiko Paranaense»ning 19 yoshli futbolchisi Artur Dias, «Palmeyras»ning 16 yoshli vakili Eduardu Konseysau, «Volerenga»ning 15 yoshli futbolchisi Gabriel Raykovich, «Filadelfiya Yunion»ning 17 yoshli a’zosi Kavan Sallivan hamda «Manchester Yunayted»ning 16 yoshli iqtidorli a’zosi Jey-Jey Gabriel bor.

Ma’lumot o‘rnida, «ko‘k-anorranglilar» La Liganing 8-turida «Xetafe»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Hans-Diter Flik shogirdlarining ochkolari 24 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar