Live
15
O'zbek

A Seriya. «Roma» bir kishi kam bo‘lib, «Komo» bilan durang o‘ynadi

Futbol
11 oktabr, 08:49
Doniell Malen chetlatilganiga qaramay, rimliklar safarda bir ochko ishlab oldi.
A Seriya. «Roma» bir kishi kam bo‘lib, «Komo» bilan durang o‘ynadi
Foto: Getty Images
11.10.2026 FT Italiya A seriyasi Komo Komo 0 : 0 Roma Roma

Italiya chempionatining 6-turida «Komo» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qildi. Bellashuvda hisob ochilmadi — 0:0.

53-daqiqada «Roma» hujumchisi Doniell Malen qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng mehmonlar o‘yinning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. «Komo» son jihatidan ustunlikka ega bo‘lsa-da, bundan foydalana olmadi.

Ushbu durangdan so‘ng «Komo» ochkolarini 11 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Roma» esa 14 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi.

A Seriya. 6-tur
Komo — Roma 0:0

Qizil kartochka: Malen 53.

Komo: Butes, Kouto, Ramon, Chaloba, Kayki, Kakeret (Rodriges, 66), Da Kunha (Baturina, 78), Perrone, Diao, Pas, Duvikas.
Roma: Gollini, N’Dika, Ermoso (Balerdi, 60), Manchini, De Ron, Kone, Uesli Frans, Molina (Rensh, 82), Pellegrini (Zule, 46), Malen, Dibala.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
  • Roma Roma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar