UFC’ning yarim og‘ir (93 kg gacha) va og‘ir (120 kg gacha) vazn toifalarida sobiq chempioni, 39 yoshli amerikalik Jon Jons aralash yakkakurashlardagi faoliyatini qayta tiklashi mumkinligini ma’lum qildi.
«Katta ehtimol bilan boshqa jang qilmayman. Biroq hozir ham doping nazoratidan o‘tyapman. Qaytish imkoniyatini ochiq qoldiryapman, chunki kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi», — deb yozdi Jons X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Jon Jons 2008–2024 yillarda professional darajada jang qilgan. U 28 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan, yana bir jangi o‘tkazilmagan deb topilgan. Jons 23 yoshida UFC chempioniga aylanib, tashkilot tarixidagi eng yosh chempion sifatida rekord o‘rnatgan.
Avvalroq amerikalik sobiq chempion Iliya Topuriya va Islom Maxachev o‘rtasidagi ehtimoliy jang bo‘yicha o‘z taxminini bildirib o‘tgandi.