Live
12
O'zbek

Yelichich: «Balki, ayni damda Doriyev Superligadagi eng yaxshi futbolchidir»

Futbol
11 oktabr, 10:38
«Lokomotiv» bosh murabbiyi «So‘g‘diyona»ga qarshi bahs, Sardor Mirzayevning holati va Lyupcho Doriyev haqida gapirdi.
Yelichich: «Balki, ayni damda Doriyev Superligadagi eng yaxshi futbolchidir»
Foto: Lokomotiv

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 23-turi doirasida «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Mutaxassis jamoasining o‘yini, Sardor Mirzayevning jismoniy holati va Lyupcho Doriyevning mahorati haqida gapirdi. Bu haqda «temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabar berdi.

«Juda og‘ir bahs bo‘ldi. Hozir barcha jamoalar kurashmoqda. O‘yindan mamnunman, biz bahsni nazorat qildik va to‘pni o‘zimizda ushlab turdik. Bitta xato vaziyatni qiyinlashtirib yubordi. Shunga qaramay, o‘z o‘yinimizdan mamnunman.

FIFA kunlaridan keyingi tanaffusdan so‘ng ilk bahsimizni o‘tkazdik. Maydon sifati sabab to‘pni ko‘p yo‘qotdik va ayrim vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik. Shunga qaramay, tanaffusdan keyingi ilk o‘yinimiz yomon bo‘lmadi. Endi yanada kuchayishimiz kerak.

Sardor Mirzayev ikki yil davomida futboldan chetda qolganidan keyin o‘zini tiklashga harakat qilmoqda. Bu yil jismoniy holatini yaxshilash uchun katta mehnat qilyapti va bu o‘z samarasini bermoqda. 35–36 yoshda bunday yuqori saviyadagi bahslarda qatnashish oson emas.

Lyupcho Doriyev juda yuqori saviyadagi futbolchi. Balki, ayni damda Superligadagi eng yaxshi futbolchidir. U to‘pni o‘zida saqlashni yaxshi ko‘radi va ko‘plab vaziyatlarda xavf tug‘diradi. Agar uning uchun bo‘sh hududlar yaratib berilsa, yanada xavfliroq bo‘lishi mumkin», — dedi Yelichich.

Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» Superliganing 23-turi doirasida mehmonda «So‘g‘diyona»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar