Live
11
O'zbek

Zeyedorf — «Korintians» bosh murabbiyi

Futbol
11 oktabr, 11:02
Sobiq futbolchi Braziliya klubi bilan 2027-yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Zeyedorf — «Korintians» bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

Braziliyaning «Korintians» klubi Klarens Zeyedorf jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

San-Paulu shahri vakili bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027-yil oxirigacha amal qiladi.

«Bu chaqiriqni qabul qilish men uchun katta sharaf, shu bilan birga, ulkan mas’uliyat hamdir. Men bor kuchimni berish va har bir to‘p, har bir daqiqa hamda har bir g‘alaba uchun kurashadigan jamoani shakllantirish uchun keldim», — dedi Zeyedorf.

Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq «Milan», Xitoyning «Shenchjen», Ispaniyaning «Deportivo» klublari hamda Kamerun milliy jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Corinthians Corinthians
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar