Live
10
O'zbek

Dzyudo. O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boshqalar
11 oktabr, 11:06
Boku shahrida o‘tayotgan jahon chempionatining aralash jamoaviy dasturida vakillarimiz shohsupaga ko‘tarildi.
Dzyudo. O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Olypmicuz

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetmoqda. Musobaqaning so‘nggi kunida o‘tkazilgan aralash jamoaviy bahslarda O‘zbekiston milliy jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Hamyurtlarimiz saralash bosqichida Germaniya va Gruziya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq yarimfinalda Rossiya vakillariga 3:4 hisobida imkoniyat boy berildi.

Bronza medali uchun kechgan bahsda esa O‘zbekiston milliy jamoasi Mo‘g‘uliston ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, jahon chempionati sovrindoriga aylandi.

Bugungi yangiliklar