Italiyalik murabbiy Antonio Konte Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Artetaning faoliyati haqida fikr bildirdi. U ispaniyalik mutaxassisning klubga ta’sirini «Manchester Siti»da Xosep Gvardiola va «Liverpul»da Yurgen Kloppning faoliyati bilan taqqosladi.
«Arsenal»da aniq yo‘nalish va strategik qarash mavjud. Arteta xuddi o‘z vaqtida Klopp va Gvardiola qilganidek, jamoaning yo‘nalishini belgilab bermoqda.
Menimcha, bosh murabbiy har doim klub loyihasining markazida turishi, asosiy shaxs bo‘lishi kerak. Agar rahbariyat nimadandir norozi bo‘lsa, uni shunchaki ishdan bo‘shatsin.
Ammo aynan murabbiy jamoaning falsafasi va yo‘nalishini belgilashi shart. Uning o‘z futbolga oid qarashlari bor va bitta klub ichida bir vaqtning o‘zida ikkita turli qarash mavjud bo‘lishi mumkin emas», — deya Kontening so‘zlarini The Athletic nashri keltirmoqda.
Ma'lumot uchun, Arteta boshchiligidagi «Arsenal» o'tgan mavsumda uzoq yillar kutilgan chempionlikni nishonlagan edi.