«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn yaqin kunlarda Myunxen klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Bu haqda italiyalik insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manba xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan. Tomonlar kelishuvning barcha asosiy tafsilotlarini o‘zaro kelishib olgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yozgi transfer oynasida Keynga Yevropaning bir nechta yetakchi klublari, shuningdek, Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirgan. Biroq futbolchining o‘zi uchun Myunxen klubidagi faoliyatini davom ettirish doimo ustuvor vazifa bo‘lib qolgan.