Live
12
O'zbek

«Bavariya» Bundesliga tarixidagi eng tezkor golni o‘tkazib yubordi

Futbol
10 oktabr, 10:06
    9
Noyerning xatosidan foydalangan «Augsburg» vakili o‘yin boshlanganidan olti soniya o‘tib hisobni ochdi.
«Bavariya» Bundesliga tarixidagi eng tezkor golni o‘tkazib yubordi
Foto: Getty Images
10.10.2026 FT Bundesliga Germaniya Augsburg Augsburg 2 : 2 Bavariya Bavariya

«Bavariya» Germaniya Bundesligasining 5-turi doirasida «Augsburg»ga qarshi kechayotgan bahsning dastlabki soniyalaridayoq gol o‘tkazib yubordi. Myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyerning xatosi raqibga hisobni ochish imkonini berdi. Ushbu gol Bundesliga tarixidagi eng tezkor gol sifatida qayd etildi.

Voqea bahs boshlanganidan olti soniya o‘tib sodir bo‘ldi. Noyer jamoadoshining uzatmasini qabul qilganidan so‘ng to‘pni nazorat qilishda xatoga yo‘l qo‘ydi va uni o‘zidan uzoqlashtirib yubordi. Darvozabon to‘pni tepib yuborishga uringanida raqib futbolchisiga zarba berdi. Vaziyatdan foydalangan yarimhimoyachi Robin Fellxauer bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

«Augsburg» va «Bavariya» o‘rtasidagi bahs Augsburgdagi «VVK Arena» stadionida bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvning bosh hakami — Sven Yablonski. Xabar e’lon qilingan vaqtda mezbonlar 1:0 hisobida oldinda edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda «Augsburg» «Verder»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan, «Bavariya» esa «Union»ni 7:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Ma’lumot uchun, navbatdagi turda «Augsburg» 17-oktyabr kuni «Elfersberg» bilan, Vensan Kompani boshqaruvidagi «Bavariya» esa shu kuni «RB Leypsig» bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Augsburg Augsburg
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar