«Manchester Siti» Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Matis Albertni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «shaharliklar» 17 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy qadamlarni tashlagan. Shuningdek, vaziyatni APLning yana ikki klubi — «Arsenal» va «Liverpul» ham kuzatib bormoqda.
Qayd etish lozim, Matis Albert o‘tgan mavsumda Dortmundning «Borussiya» klubi asosiy jamoasida debyut qilgan. Futbolchi AQSh milliy jamoasi safida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan va sentabr oyida milliy jamoa uchun ilk golini urgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2026/2027 yilgi Bundesliganing joriy mavsumida Albert hozirgacha birorta ham uchrashuvda maydonga tushmagan. U «Borussiya D»ning dastlabki turdagi bellashuvlarida zaxirada qolgan.
Avvalroq «Manchester Siti»dan moliyaviy qonunbuzarliklar uchun 60 ochko olib tashlanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.