Live
17
O'zbek

«MYU» yangi bosh murabbiy izlashni boshladi

Futbol
11 oktabr, 08:20
Nagelsmann vakillari «qizil iblislar»ning taklifini tinglashga hamda klub loyihasi bilan tanishishga tayyor.
«MYU» yangi bosh murabbiy izlashni boshladi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiy lavozimi uchun nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Indykaila News xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Yulian Nagelsmann vakillari «qizil iblislar»ning taklifini tinglashga hamda klub loyihasi va uning futbol falsafasi murabbiyning qarashlariga mos kelish-kelmasligini baholashga tayyor.

Klub rahbariyati Maykl Karrik jamoani uzoq muddatli istiqbolda yangi bosqichga olib chiqish uchun munosib nomzod emas deb hisoblamoqda. Qayd etilishicha, Karrikka «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida qolish uchun mo'jiza kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, «qizil iblislar» APL oltinchi turida «Tottenhem» bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ayni vaqtda jamoa olti turdan keyin olti ochko to'plagan holda turnir jadvalining 12-pog'onasini band etib turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar