Live
2
O'zbek

Medvedev Xodarga yutqazib qo‘ydi va Shanxaydagi musobaqa finaliga chiqa olmadi

Tennis
18 oktabr, 01:47
Dunyoning 6-raketkasi «Masters» yarimfinalida o‘z yurishini to‘xtatdi.
Medvedev Xodarga yutqazib qo‘ydi va Shanxaydagi musobaqa finaliga chiqa olmadi
Foto: Gettyimages

Dunyoning oltinchi raketkasi, rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilayotgan «Masters» musobaqasi finaliga chiqa olmadi. Yarimfinal bellashuvida Medvedev ispaniyalik Rafael Xodarga (reytingda 13-o‘rin) 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bir yarim soatdan ko‘proq davom etgan uchrashuv davomida Rafael Xodar olti bor eys amalga oshirdi, ikkita qo‘sh xatoga yo‘l qo‘yib, 7 tadan 4 ta breyk-pointdan unumli foydalandi. Daniil Medvedev hisobida esa 3 ta eys, 4 ta qo‘sh xato bor. Bundan tashqari rossiyalik tennischi 6 ta imkoniyatdan 2 ta breyk-pointdan unumli foydalanishni uddaladi.

Ma’lumot uchun, Shaynxaydagi «Masters» finalida ispaniyalik tennischilar to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz: Rafael Xodar hamyurti Alexandro Davidovich-Fokinaga qarshi kortga chiqadi.

Bugungi yangiliklar