Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoaning braziliyalik himoyachisi Eder Militao to‘liq tuzalib, safga qaytganligini ma’lum qildi.
Avvalroq OAVda Militao safga qaytgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Mourinio ushbu yangilikni tasdiqladi.
— Eder Militao navbatdagi o‘yinda bizga yordam berishi mumkin, — deya portugaliyalik mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o‘tamiz, Militao jarohat sabab yangi mavsum doirasida hali birorta o‘yin o‘tkazgani yo‘q. O‘tgan mavsumda himoyachi 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma yetkazib bergan edi.
Ma’lumot uchun, yakshanba, 18 oktyabr kuni madridliklar o‘z uyida, «Santyago Bernabeu» stadionida «Sevilya»ni qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin 18 ochko jamg‘argan Joze Mourinio shogirdlari La Liga musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi