Live
2
O'zbek

Messi: «Menga ajoyib xotiralarni taqdim etgan stadionda yana bir g‘alaba…»

Futbol
18 oktabr, 02:00
Argentinalik futbolchi MLS navbatdagi turida «Atlanta»ga qarshi bahsda dubl qilganidan keyin izoh qoldirdi.
Messi: «Menga ajoyib xotiralarni taqdim etgan stadionda yana bir g‘alaba…»
Foto: Gettyimages

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS navbatdagi turi doirasidagi «Atlanta Yunayted» bilan bahsda g‘alabdan (3:1) keyin, post joyladi. Argentinalik futbolchi «Atlanta»ning stadioni uning uchun yoqimli xotiralar bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

«Yaqinda menga ajoyib xotiralarni taqdim etgan stadionda «Inter Mayami» bilan yana bir g‘alaba…» — deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, o‘yin Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz Stadium»da bo‘lib o‘tdi. Messi ikkita gol urdi, mehmonlar tarkibidagi yana bir gol Herman Berterame hisobiga yozildi. Luis Suarez esa o‘z hisobiga ikki golga uzatma yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, MLSning navbatdagi o‘yinida «Atlanta» «Chikago Fayr» bilan uchrashadi. «Inter Mayami» «Nyu-York Red Bullz»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
Bugungi yangiliklar