Bugun
53
O'zbek

Pogbani MLSning uchta klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
13 oktabr, 06:15
Fransiyalik yarimhimoyachi «Monako» bilan xayrlashganidan keyin faoliyatini AQSH chempionatida davom ettirishi mumkin.
Pogbani MLSning uchta klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Foto: Getty Images

«Yuventus» va «Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Pol Pogba faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Fransiyalik futbolchiga «Inter Mayami», «Di Si Yunayted» va «Nyu-York Siti» klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli futbolchida AQSH chempionatiga o‘tish uchun bir nechta variant mavjud. Hozircha klublardan birortasi bilan kelishuvga erishilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, Pogba o‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida «Monako» safida oltita bahsda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlarni amalga oshira olmagan.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik yarimhimoyachi taqiqlangan moddalarni iste’mol qilgani uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiyani o‘tab bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • DC United DC United
  • Nyu York City FC Nyu York City FC
Bugungi yangiliklar