Bugun
38
O'zbek

«Yuventus» Syorlotni transfer qilishni maqsad qilmoqda

Futbol
21 oktabr, 04:30
Turin klubi yanvar oyidagi transfer oynasida «Atletiko» hujumchisini asosiy nishonga aylantirgan.
«Yuventus» Syorlotni transfer qilishni maqsad qilmoqda
Foto: Getty Images

«Atletiko» Madridga tegishli norvegiyalik hujumchi Aleksandr Syorlot faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, Turin klubi «Yuventus» 30 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uni yanvar oyidagi transfer oynasidagi asosiy maqsadiga aylantirgan.

Syorlot ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida bor-yo‘g‘i bitta bahsda maydonga tushdi. Bu holat hujumchining kelajagi borasidagi taxminlarni kuchaytirmoqda.

Ma’lumot uchun, norvegiyalik futbolchi 2024-yil avgustidan buyon «Atletiko» safida to‘p surmoqda. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar