«PSJ» klubi o‘zining rasmiy saytida «Barselona»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Xvicha Kvaratsxeliyaning holati haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, gruziyalik futbolchining o‘ng tizzasidagi xochsimon paylari uzilib ketgan. U tez orada jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kvaratsxeliya «Barselona» himoyachisi Xavi Espart bilan to‘qnashuvdan keyin gazonga noqulay holatda yiqildi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shunga qaramay, futbolchi 59-daqiqada zaxiraga olingandi.
«Kecha «Barselona»ga qarshi o‘yinda tizzasining oldingi xochsimon boylami uzilgan Xvicha Kvaratsxeliya yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotidan o‘tadi. Chap sonidan jarohat olgan Usmon Dembele kelgusi haftadan davolanish jarayonini boshlaydi. O‘ng oyog‘idan jarohatlangan Markinos ham kelgusi haftadan boshlab shifokorlar nazorati ostida muolajalar oladi», deyiladi klub bayonotida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi