«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar ligasi 3-turida «Budyo-Glimt» ustidan qozonilgan g‘alaba (4:3) haqida fikr bildirdi.
«Bu muhim g‘alaba bo‘ldi. Bu musobaqadagi ilk g‘alabamizni qo‘lga kiritishni juda xohlagandik. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish hech qachon oson bo‘lmaydi. Jamoa yaxshi o‘ynadi va ko‘plab golli vaziyatlar yaratdi.
Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. G‘alabadan xursand bo‘lishimiz kerak, biroq shu bilan birga, o‘xshamagan jihatlarimizni ham tahlil qilishimiz lozim. Himoyada yanada ishonchliroq harakat qilishimiz zarur», — deya Allegri so‘zlaridan keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Neapol klubi safida Maktominay dublni rasmiylashtirdi. Yana bir gol Politano hisobiga yozildi. Shuningdek, norvegiyaliklar safida Byortuft avtogol muallifiga aylandi.