Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya «to‘pchilar»ning o‘yin uslubini zerikarli deb atagan tanqidchilarga javob berdi.
«Har kimning o‘z fikri bor. Bu mavsumda o‘n bitta o‘yindan bittasidagina mag‘lub bo‘ldik. Agar siz buni zerikarli yoki asabga tegadigan deb hisoblasangiz, men nima deyishni ham bilmayman. Biz futbol o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. Bizga har kuni maydonga tushib, o‘yinlarda g‘alaba qozonish yoqadi. Bu eng muhimi», - deya Rayyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Ushbu mavsumda ispaniyalik darvozabon barcha musobaqalarda o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol o‘tkazib yubordi va yetti marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 21-oktyabr kuni «Arsenal» UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasida safarda «Bavariya» bilan to‘qnash keladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi