Gabriel Jezus faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Sky Calcio Unplugged podkastida aytilishicha, "Arsenal" hujumchisini "Milan" sotib olmoqchi. "Rossoneri" Chempionlar Ligasiga qaytish oldidan tarkibni kuchaytirishni istayapti.
Braziliyalik 29 yoshli futbolchi milanliklarning asosiy maqsadiga aylangan. Hozircha londonliklar uni qo'yib yuborishga tayyormi yo'qmi — noma'lum.
Jezusning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Hujumchi bu mavsumda APLda 12 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.