Live
1
O'zbek

Ravshan Haydarov: «Osiyo o‘yinlariga medallar uchun kurash olib borish maqsadida keldik»

Futbol
14 sentabr, 05:40
    10+
O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi bosh murabbiyi musobaqa oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ravshan Haydarov: «Osiyo o‘yinlariga medallar uchun kurash olib borish maqsadida keldik»
Foto: UFA

O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Turnir oldidan fikrlar:

— Osiyo o‘yinlari — qit’amiz uchun juda katta musobaqa, ko‘plab sport turlari ishtirok etadigan kichik Olimpiada hisoblanadi. Barcha turnir qatnashchilariga, guruhimizdagi raqiblarimizga o‘zlari oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarini tilayman.

O‘zbekiston eng sara sportchilari bilan musobaqada munosib ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Biz ham bu nufuzli turnirga yil davomida tayyorgarlik olib bordik. Musobaqada Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, medallar uchun kurash olib borish maqsadida keldik.

Tashkilotchilik haqida:

— Avvalambor, tashkilotchilarga minnatdorlik bildiramiz. Bu kabi juda katta musobaqani qabul qilayotgan Yaponiyaga rahmat aytamiz. Tashkiliy tarafdan yurtingiz har doim musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazib kelgan. O‘ylaymanki, bu turnir ham yuqori darajada tashkil etiladi.

Moslashish jarayoni haqida:

— Vaqt tafovuti bo‘yicha moslashish ishlarini Toshkent yig‘inidan boshlaganmiz. Yaponiya bilan 4 soat farqimiz bor, shunga yarasha futbolchilarning moslashish ko‘nikmasini olib bordik.

Toshkentdagi yig‘inimizdan keyin Xitoyning Dalyan shahrida tayyorgarlikni davom ettirdik va nazorat uchrashuvini o‘tkazdik. U yerning iqlimi ham Yaponiya bilan o‘xshash va oradagi vaqt farqi 1 soatni tashkil etadi.

O‘ylaymanki, vaqt masalasida ham, iqlim masalasida ham muammolar bo‘lmaydi. Futbolchilarimiz ko‘nikma hosil qilib bo‘lishdi», — dedi Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi musobaqadagi ishtirokini 15 sentabr kuni Filippinga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da Nagoyada joylashgan «Minato soccer field» maydonida bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston U23 O‘zbekiston U23
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar