«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer ushbu mavsum oxirida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
40 yoshli posbon Bundesligada «Mayns»ga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda oyoq payidan jarohat olgan. Uning tiklanishi uchun 2–3 oy vaqt talab etiladi.
Ma’lum qilinishicha, Noyer jarohatiga qaramay, mavsumni oxirigacha o‘tkazish niyatida. Darvozabonning yozda faoliyatini yakunlash ehtimoli esa 99,9 foizga baholanmoqda.
«Bavariya» yil oxirigacha kelasi mavsum uchun ikkinchi darvozabon nomzodlarini muhokama qiladi. Shundan so‘ng klub transfer bozorida ish boshlaydi.
Nomzodlar ro‘yxatidan Oliver Baumann va Bernd Leno o‘rin olgan. Shuningdek, myunxenliklar yana ikki nafar darvozabon variantini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq «Bavariya» Loris Kariusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi