Live
1
O'zbek

Keyn kelgusi besh yil uchun asosiy maqsadlarini aytdi

Futbol
11 noyabr, 02:00
«Bavariya» hujumchisi faoliyati davomida Chempionlar ligasi va Angliya milliy jamoasi bilan sovrin yutishni istamoqda.
Keyn kelgusi besh yil uchun asosiy maqsadlarini aytdi
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn kelgusi besh yil davomida erishmoqchi bo‘lgan natijalari haqida gapirdi. 33 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, u faoliyatini yakunlaganida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishganini ayta olishi uchun bir nechta muhim sovrinni qo‘lga kiritishi kerak.

Undan besh yildan keyin yana shu suhbatni o‘tkazishsa, faoliyatida nimalarga erishgan bo‘lishi kerakligi so‘raldi.

«Bu vaqt ichida «Bavariya» bilan kamida bir marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni, shuningdek, Angliya milliy jamoasi bilan biror sovrinni qo‘lga kiritishni istardim», — dedi Keynning javobini Bayern & Germany nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Keyn 2023 yil yozida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, ingliz hujumchisi yaqinda faoliyatida ilk bor «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar