Bugun
94
O'zbek

Millatlar ligasi. Shveysariya, Shimoliy Irlandiya, Avstriya va Shvetsiya A ligasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi

Futbol
17 noyabr, 21:40
    2
Yana 4 ta yo‘llanma uchun 8 ta milliy jamoa pley-off bosqichida kurash olib boradi.
Millatlar ligasi. Shveysariya, Shimoliy Irlandiya, Avstriya va Shvetsiya A ligasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi
Foto: Getty Images

UEFA Millatlar ligasining 2026/27-yilgi mavsumi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Shveysariya, Shimoliy Irlandiya, Avstriya va Shvetsiya A ligasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘tarildi. Ushbu jamoalar o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egalladi va kelasi mavsumda B ligasiga tushib ketgan milliy jamoalarning o‘rnini egallaydi.

A ligasini tark etishi aniq bo‘lgan ikki jamoa — Turkiya va Chexiya. Qolgan to‘rtta o‘rin uchun sakkizta milliy jamoa pley-off bahslarida qatnashadi. Ular orasida A ligasining eng yomon natija ko‘rsatgan uchinchi o‘rin egalari Daniya va Xorvatiya, to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar orasidagi eng yaxshi ikki natija sohibi Serbiya va Uels, shuningdek, B ligasida ikkinchi o‘rinni olgan Sloveniya, Vengriya, Irlandiya hamda Bosniya va Hersegovina bor.

Pley-off bosqichi qur’asi 20-noyabr, juma kuni o‘tkaziladi. Ushbu bosqichning dastlabki bahslari 2027-yil 25–27-mart kunlari, javob bellashuvlari esa 28–30-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Millatlar ligasining amaldagi g‘olibi Portugaliya hisoblanadi. Portugaliya milliy jamoasi avvalgi mavsum finalida Ispaniyani asosiy vaqtda 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasi natijalari 2028-yilgi Yevropa chempionatiga saralash jarayoni bilan ham bog‘liq.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar