«Liverpul» qishki transfer oynasida yarimhimoyachi Rayan Gravenberx bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchi bilan shartnomani 2032 yilgacha uzaytirganiga qaramay, uni yanvar oyida sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Klubda ushbu qarordan afsuslanishayotgani va maoshi yuqori bo‘lgan niderlandiyalik futbolchini sotishga urinishi mumkinligi aytilmoqda.
Gravenberx ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 23 yoshli yarimhimoyachining bozor qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.