«Barselona» yarim himoyachisi Pedri kataloniyaliklarning sobiq futbolchisi Lionel Messi bilan ilk bor uchrashganida qanday holatga tushganini esladi.
«U ro‘paramda turardi. O‘shanda o‘zimni tanishtirishga harakat qildim, ammo hayajondan gapira olmay qoldim.
Hatto unga nima deganimni ham eslay olmayman. Leo shunchaki jilmayib, o‘zimni erkin tutishimni aytdi va meni kiyinish xonasiga olib bordi», — deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Barça Universal.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik yarim himoyachi 2019-yilda «Barselona» bilan shartnoma imzolagan. U kataloniyaliklar safida shu kungacha barcha musobaqalarda 263 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urgan va 37 ta golli uzatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021-yilga qadar «Barselona» sharafini himoya qilgan. Argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safida 10 marta Ispaniya chempioniga aylangan, 4 bor Chempionlar Ligasida zafar quchgan va yana ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.