Live
4
O'zbek

Vitor Roke: «Barselona»da murabbiy meni qo‘llab-quvvatlamadi»

Futbol
28 noyabr, 05:40
Braziliyalik hujumchi Kataloniyadagi faoliyati davomida moslashish uchun yetarlicha vaqt va yordam olmaganini aytdi.
Vitor Roke: «Barselona»da murabbiy meni qo‘llab-quvvatlamadi»
Foto: Getty Images

«Barselona»ning sobiq hujumchisi Vitor Roke klubdagi faoliyati davomida bosh murabbiy Xavi tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmaganini ma’lum qildi. Braziliyalik futbolchi 2024–2025 yillarda Kataloniya jamoasi safida to‘p tepgan.

«Odamlar biz, yosh futbolchilar, jamoaga kelishimiz bilan darhol 100 foiz kuch bilan o‘ynashimiz, borimizni berib, eng yaxshi futbolimizni namoyish etishimiz kerak deb hisoblaydi. Ammo bunday emas. Bizga sabr kerak. Ba’zan moslashish uchun zarur bo‘lgan vaqtni olishga ulgurmaymiz.

Biz juda yoshmiz, yangi tilda gaplashish esa nihoyatda qiyin. Murabbiyning qo‘llab-quvvatlashi muhim. Ammo «Barselona»ga kelganimda bunday yordam bo‘lmadi. Men bilan deyarli gaplashishmasdi. Buni ham hisobga olish kerak, lekin ko‘pchilik buni ko‘rmaydi. Ular futbolchi ilk daqiqadanoq tayyor bo‘lishi kerak deb hisoblaydi», — deya Rokening so‘zlarini AS keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Roke «Barselona»ga 2024 yilda kelgan va klubni 2025 yilda tark etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar