Live
4
O'zbek

Kasado Saudiya Arabistoni klublarining takliflarini rad etgan

Futbol
28 noyabr, 12:25
Ayni paytda 23 yoshli futbolchi ijara asosida «Deportivo» safida o‘ynamoqda.
Kasado Saudiya Arabistoni klublarining takliflarini rad etgan
Фото: Getty Images

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan bosh tortgan. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Ayni paytda 23 yoshli futbolchi ijara asosida «Deportivo» safida o‘ynamoqda. O‘tgan yozda Kasado Saudiya Arabistoni klublari, shuningdek, Turkiya jamoalaridan bir nechta jozibador takliflar olgan.

Biroq ta’kidlanishicha, futbolchi uchun pul hech qachon birinchi o‘rinda bo‘lmagan. U yuqori saviyadagi futbolda o‘ynashni davom ettirishni istagan va La Ligada qolishni afzal ko‘rgan.

Natijada Kasado majburiy sotib olish bandi kiritilmagan holda ijara asosida «Deportivo»ga o‘tgan.

Ma’lumot uchun, bu mavsumda Mark La Liga doirasida 5 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
Bugungi yangiliklar