Live
4
O'zbek

«Real» qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni jalb etishni rejalashtirmayapti

Futbol
28 noyabr, 02:50
    6
Klub kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish borasidagi asosiy vazifalarni belgilab olgan.
«Real» qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni jalb etishni rejalashtirmayapti
Foto: Real Madrid

Madridning «Real» klubi kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish borasidagi asosiy vazifalarni belgilab olgan.

Taniqli jurnalist Fabrizio Romanoning ma’lum qilishicha, Madrid klubi qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni jalb etishni rejalashtirmayapti. Biroq «qirollik klubi» rahbariyati kelasi yozda transfer bozorida faol ish olib bormoqchi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda madridliklar yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun bir qator nomzodlarni o‘rganib chiqmoqda.

Ispaniya chempionatining ortda qolgan 13 turidan so‘ng «Real» 33 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Joze Mourinio shogirdlari peshqadam «Barselona»dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.

Madridliklar bugun, 28-noyabr kuni La Liganing 14-turi doirasida o‘z maydonida «Alaves»ni qabul qiladi. Uchrashuv 29-noyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar