«Atletiko» Ademola Lukman bilan qishki transfer oynasida xayrlashishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi yanvar oyida nigeriyalik futbolchi uchun 35–40 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, «matraschilar» Lukmanni 2026 yil fevralida «Atalanta»dan 35 million yevro evaziga sotib olgandi.
29 yoshli hujumchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta bahsda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.