«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoa hujumchisi Rodrigo ning tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi.
«Rodrigo juda ko‘p mehnat qilmoqda va o‘zini yaxshi his qilyapti. Uning kayfiyati ham o‘zgardi. Avvaliga u vaziyatga shunchaki ko‘nikib qolgandek tuyulardi, ammo hozir tiklanish uchun katta kuch sarflayapti. Ushbu yilgi qolgan bahslarda maydonga tushadi, deb o‘ylamayman. Ammo safga qaytganidan keyin tarkibimiz uchun ajoyib qo‘shimchaga aylanadi», — deya Mourinioning so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigo bahor boshida tizzasidagi xochsimon bog‘lamlarni uzib olgandi. Braziliyalik futbolchi ushbu mavsum hali biror marta maydonga tushmadi va jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi