Live
4
O'zbek

Simeone: «Viking» — qo‘rqmas jamoa, ularga qarshi o‘yinda muhim g‘alabaga erishdik»

Futbol
25 noyabr, 23:40
    3
«Atletiko» bosh murabbiyi «Viking»ga qarshi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Simeone: «Viking» — qo‘rqmas jamoa, ularga qarshi o‘yinda muhim g‘alabaga erishdik»
Foto: EFE
25.11.2026 FT Chempionlar ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 0 Viking Viking

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o‘rin olgan Norvegiyaning «Viking» jamoasiga qarshi uchrashuv (2:0)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Viking» — qo‘rqmas jamoa. Raqibga qanotlardan to‘p uzatish imkonini berganimizda, ular, ayniqsa, chap qanotdan xavfli vaziyatlar yaratishdi. Keyinchalik beshinchi himoyachi sifatida bizga yordam bergan Kang In evaziga vaziyatni o‘ngladik.

Ular raqib maydonida juda yaxshi pressing uyushtirishadi va qaror qabul qilish uchun vaqt qoldirishmaydi.

Lekin, o‘ylashimcha, biz yaxshi uchrashuv o‘tkazdik. Raqib pressingidan chiqib ketish, ularni o‘z darvozasi oldiga chekinishga majbur qilish va ikkita gol urishning uddasidan chiqdik.

Ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi, ammo yakunda baribir muhim g‘alabaga erishdik», — dedi Simeone.

Ma’lumot o‘rnida, madridliklar 7 ochko bilan turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, «Viking» 4 ochko bilan 27-pog‘onadan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Viking Viking
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar