Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi doirasida «Viking»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Yakshanba kuni yigitlar yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Endi shu yo‘nalishda davom etishimiz kerak. Men ko‘rgan o‘yinlarga, ayniqsa, Chempionlar ligasidagi bahslarga qaraganda, bu kuchli va yaxshi tashkil etilgan jamoa. Ular maydonning bizga tegishli yarmida individual pressingni juda yaxshi qo‘llashadi.
Himoyalanayotganida, aksariyat o‘yinlarda ular 4-3-3 sxemasida harakat qilishadi. Qarshi hujumlar va standart vaziyatlarda jiddiy xavf tug‘dira olishadi, chunki jamoa tarkibida bo‘ydor futbolchilar ko‘p. Umuman olganda, raqibimiz haqida ko‘rganlarim shu. Biz o‘yinni qanday yo‘nalishga burish va ularga qanday qilib zarar yetkazish mumkinligi haqida o‘ylayapmiz», — dedi Simeone.
Ayni vaqtda har ikki jamoa hisobida 4 ochkodan mavjud.