«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda indykaila X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, klub rahbariyati Kerrikka munosib o‘rinbosar topilganidan keyin uni lavozimidan ozod etishi mumkin. «Bornmut» va «Fulhem» klublari 45 yoshli mutaxassisni kelgusi bosh murabbiyi sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, «qizil iblislar» sardori va yarim himoyachisi Bruno Fernandesh ham yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. 32 yoshli futbolchining shartnomasi yozda yakunlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kerrik 2026-yil yanvar oyidan buyon manchesterliklarni boshqarib kelmoqda. APLning olti turidan keyin manchesterliklar 6 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 14-o‘rnini egallab turibdi.
Fernandesh esa 2020-yil yanvar oyidan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqt davomida barcha musobaqalarda 336 ta uchrashuvda maydonga tushib, 111 marta gol urgan va 109 ta assist amalga oshirgan.
Avvalroq Kerrik bugun o‘z vazifasidan ozod etilishi mumkinligi ma’lum qilingandi.