«Arsenal» so‘nggi ikki mavsum davomida bir to‘p farqi bilan 18 ta g‘alabaga erishdi. Statistik ma’lumotlarga ixtisoslashgan Squawka Football portali xabar berishicha, bu Yevropaning kuchli beshta chempionatida ishtirok etayotgan barcha jamoalar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Angliya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda Mikel Arteta shogirdlari «Nottinghem Forest»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 70-daqiqasiga qadar «Arsenal» futbolchilari raqib darvozasi tomon birorta ham aniq zarba bera olishmadi. Bellashuv yakunida ularning aniq zarbalari soni atigi bittani tashkil etdi. «O‘rmonchilar» ham hujumda samarali o‘ynay olishmadi — ular raqib darvozasi tomon bor-yo‘g‘i ikki marta zarba yo‘llashdi.
O‘tgan mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan «Arsenal» ushbu mavsumda chempionat turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Londonliklar peshqadam «Manchester Siti»dan 3 ochko ortda qolmoqda.
«Arsenal» bir gol farqi bilan qo‘lga kiritilgan g‘alabalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Futbol
18 oktabr, 17:30
London klubi so‘nggi ikki mavsumda bu ko‘rsatkich bo‘yicha top-5 ligalarda yetakchi bo‘lib turibdi.
Foto: Arsenal