Live
2
O'zbek

«Real» Uorton uchun 100 mln yevro sarflashi mumkin

Futbol
13 oktabr, 03:50
«Qirollik klubi» «Kristal Pelas» futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
«Real» Uorton uchun 100 mln yevro sarflashi mumkin
Foto: Getty Images

«Real» tarkibini yana bir angliyalik futbolchi bilan kuchaytirishi mumkin. Bu haqda insayder Migel Serrano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «qirollik klubi» rahbariyati «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqish bildirmoqda. «Burgutlar» o‘z yetakchi futbolchisining transferi uchun 100 million yevro talab qilmoqda.

Qayd etish lozim, Uorton 2024-yil fevral oyidan buyon London klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari 22 yoshli futbolchining transfer narxini 75 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq madridliklar «Yuventus» futbolchisi Kenan Yildizni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilayotgani ma’lum qilingandi. Ma’lumot o‘rnida, Joze Mourinio shogirdlari bo‘lajak uchrashuvni Chempionlar Ligasi doirasida «Roma»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar