Bugun
26
O'zbek

APL «Boxing Day» uchrashuvlari jadvalini e’lon qildi

Futbol
19 oktabr, 14:26
    4
Musobaqaning 17, 18 va 19-turlari uchun sentyabr oyida e’lon qilingan jadval o‘zgarishsiz qoldirildi.
APL «Boxing Day» uchrashuvlari jadvalini e’lon qildi
Фото: Getty Images

Angliya Premyer-ligasi 2026 yilning Rojdestvo va Yangi yil bayramlari davrida o‘tkaziladigan uchrashuvlar taqvimini rasman tasdiqladi.

Musobaqaning 17, 18 va 19-turlari uchun sentyabr oyida e’lon qilingan jadval o‘zgarishsiz qoldirildi.

APL rasmiy saytida ta’kidlanishicha, bayram kunlari futbolchilarning tiklanishiga yetarli vaqt ajratish maqsadida jamoalarning ketma-ket uchrashuvlari orasida kamida 60 soatlik tanaffus bo‘lishi belgilandi.

Bu qaror yevrokuboklar va milliy jamoalar taqvimi kengaygani sabab klublarga tushayotgan yuklamani kamaytirishga qaratilgan.

Avvalgi yillarda Angliya klublari 26 va 28 dekabr kunlari ham maydonga tushgan. Ayrim holatlarda futbolchilarga hatto 48 soatlik to‘liq dam olish vaqti ham berilmagan.

APL 17-turi taqvimi (Toshkent vaqti bilan):

26 dekabr, shanba — Boxing Day

17:30 — «Aston Villa» – «Lids»
20:00 — «Everton» – «Sanderlend»
20:00 — «Fulhem» – «Brayton»
20:00 — «Ipsvich» – «Brentford»
20:00 — «Tottenhem» – «Bornmut»
22:30 — «Hull Siti» – «Liverpul»
19:00 — «Koventri» – «Chelsi»

27 dekabr, yakshanba

01:00 — «Nyukasl» – «Manchester Siti»
19:00 — «Koventri» – «Chelsi»
21:30 — «Manchester Yunayted» – «Nottingem Forest»

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar