Live
3
O'zbek

Reklama beruvchilar talabi kuchli sportchilar reytingi e’lon qilindi

Tennis
28 oktabr, 10:46
Dunyoning ikkinchi-raketkasi-2026-yilda reklama beruvchilar talabi eng kuchli sportchilar reytingida yetakchi bo‘ldi.
Reklama beruvchilar talabi kuchli sportchilar reytingi e’lon qilindi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalar to‘rt karra g‘olibasi, dunyoning ikkinchi raketkasi, belaruslik tennischi Arina Sobolenko 2026-yilda reklama beruvchilar talabi eng kuchli sportchilar reytingining birinchi o‘rnini band etdi. Bu haqda SportsPro portali va NorthStar Solutions Group tahliliy kompaniya ma’lumot berdi.

Sobolenko 100dan 80,95 ball jamg‘ardi. Reytingni shakllantirishda shaxsiy brendning kuchi, mashhurlik dinamikasi va sportchilarning tijorat salohiyati hisobga olindi. Reytingning 4-pog‘onasini norvegiyalik forvard Erling Holand egalladi.

2026-yilda reklama beruvchilar uchun eng jozibador TOP-10 sportchi:

1. Arina Sobolenko (tennis).

2. Eylin Gu (fristayl).

3. Yannis Adetokunbo (basketbol).

4. Erling Holand (futbol).

5. Karlos Alkaras (tennis).

6. Alisa Lyu (figurali uchish).

7. Viktor Vembanyama (basketbol).

8. Aleksandr Zverev (tennis).

9. Sharl Lekler (Formula-1).

10. Ey Jey Dibansa (basketbol).

Shuningdek, TOP-50talikka tennischilardan Iga Shvyontek (17), Naomi Osaka (21), Kori Gauff (32), Yannik Sinner (35) va Novak Jokovich (46) ham kirdi.

Bugungi yangiliklar