UEFA FIFA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin.
Avvalroq Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti Kozo Tashima mart oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Ungacha federatsiyaning amaldagi rahbari Janni Infantino yagona nomzod edi.
Talksport ma’lumotlariga ko‘ra, Tashima UEFA ichida muayyan qo‘llab-quvvatlovga ega. Agar boshqa nomzod paydo bo‘lmasa, uning mavqeyi yanada mustahkamlanishi mumkin.
UEFA Tashimaning nomzodi haqida xabardor bo‘lgan. Yevropa futbol tashkilotining ko‘plab vakillari UEFA tizimiga aloqador bo‘lmagan tashqi nomzod Infantinoga raqobat ko‘rsatish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi, deb hisoblamoqda.
Biroq UEFA’ga a’zo milliy assotsiatsiyalar boshqa nomzodni ilgari surish imkoniyatini muhokama qilishda davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, tashkilotning yuqori lavozimdagi vakillari Arsen Vengerni saylovda ishtirok etishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.
Venger ular ma’qul ko‘rayotgan nomzod hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa variantlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Chunki Yevropa futbol tashkiloti o‘z nomzodining nomini kelasi haftadan kechiktirmay e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddati 18-noyabr etib belgilangan.
77 yoshli Venger ayni damda FIFA’ning futbolni global rivojlantirish bo‘yicha rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
UEFA FIFA prezidentligi uchun Venger nomzodini ilgari surmoqchi
Futbol
5 noyabr, 22:00
4
Avvalroq Infantinoga Yaponiyadan ham raqib paydo bo‘lgandi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi