«Bavariya» yarimhimoyachisi Jamal Musiala jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi.
Bild nashrining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi payshanba kuni 5,5 haftalik tanaffusdan so‘ng ilk bor mashg‘ulot maydonida paydo bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, klub Musialaning tiklanish jarayonini tezlashtirish niyatida emas.
Futbolchi sentabr oyida Germaniya milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtida jarohat olgandi. Uning son mushaklari to‘qimasida qisman uzilish aniqlangan. Jamol so‘nggi o‘yinini 18 sentabr kuni o‘tkazgan.
Bu mavsumda Musiala «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va yana 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Musiala «Bavariya» mashg‘ulotlariga qaytdi
Futbol
5 noyabr, 22:50
Yarimhimoyachi 18 sentabrdan beri o‘ynamaydi.
Foto: Getty Images