«Real» Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasidan ketishiga munosabat bildirmadi.
41 yoshli hujumchi payshanba kuni milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Futbolchining videomurojaatidan so‘ng Madrid klubi na ijtimoiy tarmoqlarida, na o‘z rasmiy saytida biror-bir bayonot e’lon qildi. Krishtianu faoliyati davomida to‘p tepgan boshqa barcha klublar — «Sporting», «Manchester Yunayted», «Yuventus» va «An-Nasr» portugaliyalik futbolchiga bag‘ishlangan postlar yozishdi.
Ta’kidlash kerakki, Ronaldu «Real» tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U «qaymoqranglilar» safida 438 ta bahsda maydonga tushib, 450 ta gol urgan.
Ronaldu o‘ynagan klublardan faqat «Real» uning Portugaliya bilan xayrlashganiga munosabat bildirmadi
Futbol
6 noyabr, 00:25
«Sporting», «MYU», «Yuventus» va «An-Nasr» esa futbolchiga bag‘ishlangan postlar yozishdi.
Foto: Getty Images