«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldo Portugaliya milliy jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazishdan bosh tortgani aytilmoqda. Bu haqda Portugaliyaning Observador nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, 41 yoshli futbolchi milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan muloqot qilishni ham istamayotgani xabar qilindi.
Avvalroq Portugaliya futbol federatsiyasi Ronaldoning milliy jamoadagi faoliyatini munosib tarzda yakunlash maqsadida tantanali xayrlashuv marosimi tashkil etilishini eʼlon qilgan edi.
Federatsiya vakillari bunday buyuk futbolchini maxsus tadbirsiz kuzatib qoʻyish mumkin emasligini taʼkidlashgan.
Biroq manbaga koʻra, Ronaldo xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etishga qiziqish bildirmayapti. Shu bilan birga, u Jorje Jezush bilan qayta muloqot qilish niyatida emas.
Agar vaziyat oʻzgarmasa, Krishtianuning Portugaliya milliy jamoasi libosidagi soʻnggi oʻyini Millatlar ligasida Uelsga qarshi kechgan bahs boʻlib qoladi.
Eslatib oʻtamiz, Ronaldo milliy jamoada 2003-yildan buyon oʻynab kelayotgandi. Bu vaqt davomida u 234 oʻyinda maydonga tushib, 146 ta gol urdi – bu milliy jamoalar safida urilgan gollar boʻyicha jahon rekordi hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi