Bugun
53
O'zbek

Amorim: «Milan» bir vaqtning o‘zida ikki frontda raqobatlashishga tayyor emas»

Futbol
5 noyabr, 16:16
Murabbiy mag‘lubiyat sabablarini aytdi.
Amorim: «Milan» bir vaqtning o‘zida ikki frontda raqobatlashishga tayyor emas»
Фото: Getty Images
05.11.2026 FT Yevropa ligasi Milan Milan 0 : 2 Ferencvaros Ferencvaros

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Yevropa Ligasi doirasida «Ferensvarosh»ga (0:2) qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz hozircha bir vaqtning o‘zida ikki frontda raqobatlashishga tayyor emasmiz. O‘yinga bo‘lgan yondashuvimiz va munosabatimizni o‘zgartirish ustida ishlashimiz kerak. Bugungi natija uchun hech qanday bahona yo‘q. Odatda jamoamni himoya qilish uchun aytadigan gaplarim bo‘ladi, ammo bu safar unday emas. Biz kamtar bo‘lib, nima sodir bo‘lganini tushunishga harakat qilishimiz lozim. Biz o‘yinga tayyor emasdik, bizga jasorat yetishmadi. Agar g‘alaba qozona olmasak ham, vaziyatni o‘zgartirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak. Ammo bugun bunday bo‘lmadi», — deya Amorimning so‘zlarini Football Italia nashri keltirmoqda.

Yevropa Ligasi umumiy bosqichining 4 ta turidan keyin «Milan» 3 marta mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalida 26-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Ferencvaros Ferencvaros
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar